07 okt 18:46
Yangiliklar
Futbol
Uchinchi marta: Srechko Katanec Eron va BAAga qarshi o'yinlarda O'zbekiston termasiga yordam berolmaydi
O'zbekiston milliy terma jamoasi 7 oktyabr kuni Jahon chempionati saralash bahslarining Eron va BAA terma jamoalariga qarshi o'yinlar oldidan navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadi.
"Bosh murabbiyimiz Srechko Katanec salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlar tavsiyasiga ko'ra ushbu yig'inda qatnasha olmaydi. Ikkita uchrashuvga jamoamizni yordamchi murabbiylar Aleish CHex hamda Vlado Radmanovich tayyorlashadi. Srechko Katanecga salomatlik tilaymiz", – deyiladi O'FA xabarida.
Avvalroq terma jamoa ustozi Srechko Katanec "Agar uchinchi marta terma jamoani sog'lig'im tufayli tark etsam, boshqa qaytib kelmayman", degan edi.
Havola :
Fikrlar