07 mar 15:11
Yangiliklar

Uchinchi raketkani mag'lub etgan Sergey Fomin 1/2 finalda!
Mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ilk bosqichda turkiyalik Mert Ozdemirni 7/6, 6/0, 1/8 final bahsida ruminiyalik Dragosh Kazakuni 6:2, 4/6, 6:3 hisobida dog'da qoldirgandi.
Hamyurtimiz hozirgina yakuniga etgan 1/4 final uchrashuvida ham chiroyli g'alabani qo'lga kiritdi. Turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan Fomin 107 daqiqa davom etgan bahsda musobaqaning uchinchi raketkasi italiyalik Aleksandr Veysdan ortiqcha qiyinchiliksiz ustun keldi - 6/3, 6/2.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ayni paytda ATP reytingida 564, Aleksandr Veys esa 447-pog'onadan joy olgan. Ertaga tennischimiz final chiptasi uchun Antaliya turnirining ikkinchi raketkasi ispaniyalik Maks Gurri Alkalaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar