31 okt 09:46
Yangiliklar
UEFA Eriksen yurak xuruji bo'lgani uchun "Inter"ga 3 million evro to'ladi
"Neradzurrilar" yarim himoyachining Evro-2020 turnirida yurak xurudi bo'lgani uchun 3 million evro olgan.
UEFA turnirida voqea sodir bo'lgan vaqtda daniyalik yarim himoyachi "Inter" safida edi, shu munosabat bilan Milan klubi kompensaciya olish huquqiga ega bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Daniya va Finlyandiya o'rtasidagi Evro-2020 guruh bosqichining 43-daqiqasida Eriksenning yurak xuruji tutadi. Keyinchalik unga teri osti defibrilatori o'rnatildi, shu munosabat bilan u Italiyada faoliyatini davom ettira olmadi va o'tgan yilning dekabrida "Inter"ni tark etdi.
Hozirda daniyalik yarim himoyachi "Manchester Yunayted" safida to'p tepmoqda, ushbu mavsumda u 15 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar