09 iyu 15:11
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 238. Toni Fergyusonning g'alabasi haqqoniymidi? VIDEO
Xabaringiz bor, bugun CHikagoda UFC 238 turniri bo'lib o'tdi.
Unda Toni Fergyuson Donald Serronega qarshi jang qildi va texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi.
Jangda ikkinchi raund yakunlanganini bildiruvchi gongdan keyin Toni raqibiga zarba berdi. Referi Fergyusonni ogohlantirdi. Hakam shifokorlarni oktagonga chorladi. Ular Donald Serronening o'ng ko'zi butunlay yopilib qolgani bois, jangni to'xtatish bo'yicha xulosa berishdi. Toni taqiqlangan zarba evaziga raqibini mag'lubiyatga uchratdi. Jangda texnik nokaut qayd etildi.
VIDEONI TOMOSHA QILING
(TAS-IX emas)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar