03 noy 09:56
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 244. Neyt Dias va Xorxe Masvidal jangi muddatidan oldin yakunlandi
Nyu-York shahrida uzoq kutilgan UFC 244 turniri yakunlandi.
Kechaning markaziy jangida Neyt Dias va Xorxe Masvidal to'qnash keldi. Jang kutilmaganda muddatidan oldin yakunlandi. Neyt Diasning qoshi yorilib ketganligi sababli shifokorlar uchinchi raunddan so'ng jangni davom ettirishga ruhsat berishmadi. SHu tariqa, Masvidal texnik nokaut evaziga mazkur jangda g'olib bo'ldi va BMF kamarini qo'lga kiritdi.
Qayd etish lozimki, ushbu jangni AQSH Prezidenti Donald Tramp bevosita arenadan kuzatib bordi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar