15 dek 10:13
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 245. Amanda Nunes ishtirokidagi birinchi chempionlik jangi yakunlandi
Ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 245 turniri bo'lib o'tmoqda.
Xabaringiz bor, oqshomda uchta chempionlik jangi o'tkaziladi. Kechaning ilk chempionlik jangida ikki vazn toifasida UFC chempioni Amanda Nunes gollandiyalik Jermeyn de Randamiga qarshi oktagonga ko'tarildi. Qiziqarli va shiddatli kechgan bahs to'liq besh raund davom etdi. Jangning katta qismida ustunlikka erishgan Amanda hakamlarning qarori bilan g'alaba qozondi. SHu tariqa, Nunes UFC kamarini oltinchi bor ishonchli himoya qilishga erishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar