15 dek 08:41
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 245. Rossiyalik qotildan navbatdagi super nokaut. Endi navbat Cexudoga!
Ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 245 turniri bo'lib o'tmoqda.
Bundan bir necha daqiqa avval oqshomning qiziqarli janglaridan biri yakunlandi. Unda rossiyalik Pyotr Yan ko'zga ko'ringan UFC jangchisi Yurayya Feyberga qarshi oktagonga ko'tarildi. Ushbu jang muddatidan avval yakunlandi.
Ikkinchi raundda Yan Faybergni ikki bor nokdaunga uchratdi. Avvaliga qo'l, keyin esa tirsak bilan berilgan zarbalar Yurayini muvozanatdan chiqardi. Uchinchi raundda Pyotrning oyoqda bergan kuchli va aniq zarbasidan so'ng referi jangni to'xtatdi.
SHu tariqa, Yan UFCdagi oltinchi jangida ham g'alabaga erishdi. Endi Petr katta ehtimol bilan vazn chempioni Genri Sexudoga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar