10 may 06:59
Yangiliklar

UFC 249. Rossiyalik sportchi Verdumni mag'lub etdi
Muxlislarsiz o'tayotgan UFC 249 turnirining og'ir vazn toifasidagi jangchilar bahsida rossiyalik Aleksey Oleynik nomdor raqibi Fabrisiu Verdumga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang to'liq uch raund davom etdi. Yakunda hakamlardan ikki nafari Oleynikning, yana biri Verdumning g'alabasini taminladi. Bu bilan Aleksey Oleynik kuchli raqibini mag'lub etishni uddaladi. Oleynikning g'alabalari soni 59 taga etdi. Hisobida 13 ta mag'lubiyat va bitta durang bor.
Verdum esa to'qqizinchisi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Uning g'alabalari soni 23 taligicha qoldi. Oleynik so'nggi jangini shu yilning yanvar oyida Moris Gringa qarshi o'tkazib, g'alabaga erishgandi. Verdum esa 2018 yilning martida Aleksandr Volkovga imkoniyatni boy bergandi.
Fikrlar