20 sen 08:26
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 282'dan o'rin olgan yana bir yulduzli jang aniq bo'ldi
Xabaringiz bor, 10 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida UFC'ning 282-raqamli turniri bo'lib o'tadi.
Ushbu turnirdan surinamlik Jairzino Rozenstrayk hamda amerikalik Kris Dakasning jangi ham o'rin olgani malum bo'ldi.
Aslida, bu ikki jangchi 1 oktyabr kuni UFC Fight Night 211 turniri doirasida to'qnash kelishi kerak edi. Ammo jang dekabr oyida o'tkazilishi xabar qilindi. Buning sababi hozircha nomalum.
UFC 282 turnirining markaziy jangida Irji Proxazka va Glover Teysheyra o'zaro to'qnash kelishadi. Bu ular uchun revansh jangi bo'ladi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar