31 iyu 18:46
Yangiliklar
Kris Sayborg Ronda Rouziga "vyzov" tashladi
Biroq, tashkilot "Most Valuable Promotions" (MVP) kompaniyasi tomonidan sotib olingani haqidagi xabar uni nafaqaga chiqishni kechiktirish haqida o'ylashga majbur qildi.
Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi amerikalik Ronda Rouzi bilan jang qilish uchun ligada qolishga tayyorligini bildirdi. Rouzi may oyida MVP bayrog'i ostida professional faoliyatini muvaffaqiyatli tiklab, Jina Karanoni 17 soniya ichida qo'l bo'g'ish usuli (armbar) bilan taslim etgan edi.
"Hey, Ronda, menda bir g'oya bor! Taxmin qilay – yana nafaqaga chiqdingmi?", – deb yozdi "Sayborg" ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida va MVP chempionlik kamari uchun o'tkaziladigan superjangning o'zi yasagan posterini joylashtirdi.
SHu bilan birga, Ronda Rouzi yaqinda bergan intervyusida MVP MMA bayrog'i ostida yana bir jang o'tkazishi mumkinligini istisno qilmadi.
Kris "Sayborg" Justino va Ketlin Veyra o'rtasidagi yarim engil vazn toifasidagi chempionlik jangi 22 avgust kuni Tampa shahrida bo'lib o'tadigan PFL turnirining markaziy voqeasi bo'ladi.

Fikrlar