So’nggi yangiliklar

11:38Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тафсилотлари очиқланди 0 11:07Шавкат Раҳмонов Майкл Моралес билан жанг қилишга тайёр 0 10:36Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизнинг иштирокига гувоҳ бўламиз 0 10:05"Хоразм" "Нефтчи" билан ўйинда тарихий натижа қайд этди 0 09:34Қудратилло Абдуқаҳҳоров Австралияда камар учун жанг қилади 0 09:03"Боладан конфет олиб қўйишдек осон". Хирн Уайт билан можаро ҳақида гапирди 0 08:32Нодирбек Абдусатторов: “Кўп хатолар психологиядан келиб чиқади” 0 08:01Роналду Мессининг хайрлашув постига жавоб қайтарди 0 18:45UFC ходими Дана Уайтнинг Contender Series турниридан сўнг ташкилот билан жангчи сифатида шартнома имзолади 0 18:12Ботир Раҳимов теннис мактабидаги қурилиш ишлари билан танишди (ФОТО) 0 17:30Чисора фаолиятини якунламайди, у декабрь ойида рингга қайтади 0 16:51"Лугано" бош мураббийи Беҳруз Каримовнинг ҳолатига тўхталиб ўтди 0 16:18Сузиш: Тошкентдаги Жаҳон кубоги босқичида Олимпиада ва дунё биринчилиги чемпионлари қатанашади 0 15:502036 йилги Олимпиада учун эҳтимолий мезбонлар рўйхати маълум. Улар орасида Ҳиндистон, Қатар ва Туркия бор! 0 15:18WBA рейтинги янгиланди: Ҳасанбой Дўсматов қани? 0

24 avg 08:28
Yangiliklar

Boks/MMA

PFL turnirining barcha natijalari: "Kiborg" Vieyraga qarshi, Rabadanov Riderni nokautga uchratdi

AQSHning Tampa shahrida aralash yakkakurashlar bo'yicha PFL turniri bo'lib o'tdi.

Uch kilogrammdan ortiq vazn farqi Ketlin Vieyraga yarim engil vazn toifasidagi amaldagi PFL chempioni Kris "Kiborg" Justinga qarshi jangda kutilmagan natija (apset) qayd etishiga yordam bermadi. Ushbu jang bilan chempion o'zining professional faoliyatini yakunlashni rejalashtirgan edi.

PFL turnirining markaziy jangi bo'lgan braziliyalik sportchilar to'qnashuvi to'liq besh raund davom etdi va hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra (48-47 va ikki marta 49-46 hisobida) chempionning g'alabasi bilan yakunlandi.

Ketlin Vieyra belgilangan vazn meyorini bajara olmagani sababli, jang natijasidan qati nazar, Kris Kiborg chempionlik kamarini saqlab qolishi aniq edi. Bu g'alaba uning faoliyatidagi o'ttizinchi professional g'alaba bo'ldi.

Tashkilot bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha so'nggi jangini o'tkazgan titulli braziliyalik sportchi jangdan keyingi intervyusida oktagonga qaytishi mumkinligini istisno qilmadi va shu bilan birga, zalda hozir bo'lib turgan UFC chempioni Kayla Xarrisonni jang qilishga chorladi.

Turnirning ikkinchi muhim jangida divizion reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan rossiyalik engil vazn vakili Gaji Rabadanov ketma-ket ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. U tashkilotdagi debyutini o'tkazgan amerikalik Treysi Riderni birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga mag'lub etdi.

Engil vazn toifasidagi rossiyalik Magomed Magomedov perulik Daniel Markosga qarshi kechgan jangning ikkinchi raundida elkasini chiqarib oldi. Tanaffusdan so'ng u jangni davom ettirdi, biroq o'n birinchi soniyada "Yo'lbars"ning murabbiylar shtabi sochiq tashlab, jangni to'xtatishga qaror qildi.

SHuningdek, engil vazn toifasidagi yana bir rossiyalik jangchi Makkasharip Zaynuqov ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi: u uch raund yakuniga ko'ra hakamlarning yakdil qarori bilan braziliyalik Natan SHultedan mag'lubiyatga uchradi.

Boshqa natijalar qatorida britaniyalik yarim og'ir vaznli Lyuk Trener va irlandiyalik yarim o'rta vaznli Eoyn SHeridan raqiblarini nokautga uchratib, muddatidan avval g'alaba qozonganini takidlash joiz.


Turnirning barcha natijalari:

Asosiy kard janglari

Kris Kiborg Ketlin Vieyrani hakamlar qaroriga ko'ra (48-47, 49-46, 49-46) taslim etdi

Gadji Rabadanov Treysi Riderni texnik nokautga uchratdi (zarbalar) – 1-raund, 4:38

Sabrina de Souza raqibasi Taila Santosni ochkolar hisobi bo'yicha engdi (29-28, 30-27, 30-27)

Lyuk Treyner Roland Danlepni texnik nokaut (boshga oyoq bilan zarba) bilan yutdi – 2-raund, 2:52


Prelim kard janglari

Nkosi Ndebele Marsirli Alvesni ochkolar hisobi bo'yicha mag'lub etdi (30-27, 29-28, 29-28)

Daniel Markos Magomed Magomedovni texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi(murabbiylar to'xtatishdi) – 3-raund, 0:11

Javid Basharat Movsar Ibragimovni hakamlarning yakdil qarori bilan yutdi (29-28, 29-28, 29-28)

Dakota Bush Morkes Forestdan ochkolar hisobi bo'yicha ustun keldi (28-29, 29-28, 29-28)

Natan SHulte Makkasharip Zaynukovni engdi (30-27, 29-28, 29-28)

Jino van Stinis Robert Uotlini ochkolar hisobi bo'yicha mag'lubiyatga uchratdi (30-27, 29-28, 29-28)

Eoyn SHeridan Jeyms Veykni nokautga (tizza bilan zarba) uchratdi – 1-raund, 4:09

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing