So’nggi yangiliklar

16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 09:34Уиттакер Гусков билан жанг ҳақида: "Ур ва ўтказиб юборма!" 0 09:03Жейк Полнинг рақиби GLORY собиқ чемпиони бўлади 0 08:32RAF лигасида россиялик спортчиларнинг иштироки ҳақида расмий баёнот берилди 0 08:01Элит ОЧЛ. "Ал Қодисия" 5 та гол урди, "Ал Айн" меҳмонда Саудия жамоасини мағлуб этди ва бошқа натижалар + ВИДЕО 0

14 iyu 09:27
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC 303 turnirining yangi markaziy jangi elon qilindi + POSTER

Yarimo'rta vazn toifasida o'tkazilishi kerak bo'lgan Konor Makgregor va Maykl CHendler o'rtasidagi jang rasman bekor qilindi.

Ushbu to'qnashuv 29 iyun (bizda 30 iyun tongi) kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC 303 turnirining markaziy jangi bo'lishi kerak edi. Irlandiyalik mashg'ulotda orttirib olgan jarohati tufayli ushbu jang bekor qilindi. 

Endi yarimog'ir vazn toifasida braziliyalik Aleks Pereyra hamda chexiyalik Irji Proxazka o'rtasida o'tkaziladigan jang markaziy maqomda bo'ladi. SHuningdek, Entoni Smit jarohat olgan Jamal Xillning o'rnini egallaydi va Karlos Ulbergga qarshi oktagonga chiqadi. Yarimengil vazndagi Brayan Ortega - Diego Lopes bahsi esa oqshomning yangi co-main event jangi bo'ladi. Bu malumotlarni shaxsan UFC rahbari Dana Uayt tasdiqladi.

O'tgan yilning noyabr oyida Irji Proxazka yarimog'ir vazn toifasida vakant bo'lib turgan UFC kamarini qo'lga kiritishi mumkin edi. Ammo u Aleks Pereyraga ikkinchi raundda texnik nokautga uchragandi. O'shandan keyin braziliyalik UFC 300 turnirida kamarini ilk bor muvaffaqiyatli himoya qildi. Aleks birinchi raundda sobiq chempioni Jamal Xillni nokautga uchratdi. CHexiyalik Irji esa aynan shu yubiley turnir doirasida Aleksandr Rakichni ikkinchi raundda texnik nokaut bilan taslim etdi. Bu g'alaba unga UFC yarimog'ir vaznlilar reytingida birinchi o'ringa chiqib olishi uchun etarli bo'ldi.

Diego Lopes esa o'tgan yilning may oyida UFC promoushenida debyut qildi. U rossiyalik Movsar Evloevga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi. O'shanda keyin Lopes ketma-ket uchta jangda raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi. Gevin Taker, Pet Sabatini va Sodik Yusuff taslim etildi.

SHu yilning fevral oyida Brayan Ortega bir yillik tanaffusdan so'ngi oktagonga qaytdi. U revansh jangida Yair Rodrigesni muddatidan avval taslim etdi. Bu bilan Ortega ketma-ket ikkita mag'lubiyatli seriyasiga ham barham berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing