17 noy 12:25
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 322 ishtirokchilari kechagi janglardan qancha gonorar ishlab olgani malum bo'ldi
Xabaringiz bor, kecha Nyu-York (AQSH) shahrida raqamlangan UFC 322 turniri o'tkazildi.
Oqshomning markaziy jangida rossiyalik Islam Maxachev Avstraliya vakili Jek Della Maddalenani mag'lub etib, yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioniga aylandi. Ikki vazn chempioni Islam Maxachev kechagi tarixiy jangidan 3 mln 332 ming AQSH dollari gonorarga ega bo'ldi.
Sporty Salaries nashrining malum qilishicha, turnir ishtirokchilari quyidagicha kafolatlangan gonorarlarga ega chiqishgan:
Islam Maxachev — 3 mln 332 ming (AQSH dollari)
Jek Della Maddalena — 1 mln 992 ming
Valentina SHevchenko — 1 mln 392 ming
Veyli Jang — 832 ming 600 dollar
Benua Sen-Deni — 338 ming
Leon Edvards — 315 ming
Benil Dariush — 272 ming
Jerald Myorshart — 271 ming
Anjela Xill — 271 ming
Gregori Rodriges — 261 ming.
Havola :
Manba : Sporty Salaries
Fikrlar