So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

14 avg 10:28
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC 330 matbuot anjumanida Yen Gerrini hushtakbozlik bilan kutib olishdi, Maxachev buning sababini tushuntirdi

Rasmiy matbuot anjumanida Islam Maxachev va Yen Machado Gerri o'rtasidagi jangda Filadelfiya tomoshabinlari kimni qo'llab-quvvatlashiga shubha qolmadi.

Gerri mikrofonni qo'liga olishi bilanoq, muxlislar uni quloqni qomatga keltiruvchi hushtakbozlik bilan kutib olishdi. U bunga unchalik etibor bermaslikka harakat qildi, ammo jangdan so'ng muxlislarning unga bo'lgan munosabati o'zgarishini takidlab o'tdi.

"SHanba oqshomida bu kamar belimda bo'ladi va har biringiz o'z fikringizni o'zgartirasiz. Sizlar "Oldinga, Gerri!" deb hayqirasizlar. Men ham sizlarni yaxshi ko'raman", – dedi davogar.

Matbuot anjumani davomida Gerri Maxachev bilan deyarli so'z talashmadi, biroq irlandiyalik jangchi har safar gap boshlaganida uni hushtakbozlik bilan bo'g'ib qo'ygan omma bilan ko'p muloqot qilishiga to'g'ri keldi. SHunga qaramay, yarim o'rta vazn vakili doimo tabassum qildi va bo'layotgan voqealar unga umuman tasir qilmayotgandek ko'rindi.

"Menga mutlaqo baribir. Kichkina o'g'lim shu erda, kulyapti, tabassum qilyapti, yuzini har xil qilib o'ynatyapti. Men o'z orzuim bilan yashayapman. Islam shu erda. SHanba oqshomida men chiqaman va jahon chempioni unvoni uchun jang qilaman".

"Men bu lahzani 16 yoshimdan beri orzu qilganman. UFC jangchisi bo'lishni orzu qilganman. UFC chempionlik kamari uchun jang qilish imkoniyatiga ega bo'lishni orzu qilganman. SHu dam olish kunlari, 15 avgust kuni Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahrida barcha orzularim haqiqatga aylanadi va hech kim buni mendan tortib ololmaydi", – deya qo'shimcha qildi Gerri.

Muxlislar Maxachevni butunlay boshqacha kutib olishdi – chempion har safar gapirganda, zal guldurakli qarsaklar bilan to'lib-toshdi. Garchi rossiyalik sportchining o'zi matbuot anjumani davomida Gerriga nisbatan alohida nafrat ko'rsatmagan bo'lsa-da, u mahalliy muxlislar nima uchun raqibini bunchalik sovuq kutib olgani haqidagi o'z fikrini bildirdi.

"Yo'q, uni hushtakbozlik bilan kutib olishganidan hayron emasman. Men buni bilaman. Odamlar Yen Gerrini yoqtirmaydi, men ham. CHunki odamlar qaysi davlat vakili ekanligingni tushunishmaydi. Braziliyami yoki Irlandiya? Odamlar buni bilishmaydi. Odamlar kimni qo'llab-quvvatlash kerakligini bilishlari kerak", – dedi rossiyalik jangchi.

UFC chempionidan marhum murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedovning merosi haqida so'rashganda, Gerri to'satdan suhbatga aralashib, afsonaviy rossiyalik murabbiy Maxachev erishgan barcha yutuqlardan faxrlangan bo'lishini aytdi.

Biroq Maxachev Gerrining o'z murabbiyi va jamoasi so'nggi yillarda erishgan yutuqlari haqidagi fikrlarini eshitishni istamadi.

"SHunchaki ovozingni o'chir", – deb javob qaytardi rossiyalik chempion irlandiyalik jangchining so'zlariga.

SHunga qaramay, matbuot anjumanini yakunlagan "nigohlar to'qnashuvi" (face to face) hech qanday hodisalarsiz o'tdi va chempionlik jangi ishtirokchilari bir-birlari bilan qo'l berib ko'rishdilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing