20 iyu 15:28
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC: Adesanya - Kosta jangi hali tasdiqlanmagan
UFC prezidenti Dana Uaytning aytishicha, o'rta vazn chempioni Israel Adesanyaning Paulo Kostaga qarshi jangi hali tasdiqlanmagan.
"Hali ularning har ikkisi ham shartnomaga imzo chekmagan. Hali kelishuv amalga oshmagan. U ahmoqlarga hali rasmiy tasdiq amalga oshmaguncha, jim turish aytilgandi.
Ulardan qay biri shartnomaga imzo chekmagani muhim emas. Odamlar ular kelishib olgani haqida gapirishmoqda, lekin bunday emas.
Agar biz ushbu jangni tashkil etganimizda arenada promo anonsni ko'rgan bo'lardingiz", - dedi Dana Uayt.
Avvalroq, Adesanya - Kosta jangi 19 sentyabr kuni UFC 253 turniri doirasida tashkil etilishi haqida xabar qilingandi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar