17 apr 13:28
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC afsonasi: Aslida men jang qilishni yoqtirmayman
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sent-Per aslida jang qilishni yoqtirmasligini malum qildi.
"Menga MMA jang, erkinlik, pul va yana ko'plab narsalar berdi. Lekin aslida men jang qilishni yoqtirmayman. To'liq faoliyatim davomida oktagondagi harakatlarimdan bir soniya ham zavq olmaganman", - dedi Sent-Per.
Malumot uchun, Jorj faoliyati davomida 28 ta jang o'tkazib, 26 tasida g'alaba qozongan. Ikkita jangda esa imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar