01 avg 18:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Jorj Sen-Per Maxachev - Garri jangi uchun taxmin bildirdi
UFC sobiq chempioni Jorj Sen-Per Islam Maxachev va Ian Garri o'rtasidagi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
Jang 16 avgust kuni AQSHning Filadelfiya shahrida tashkil etiladi.
"Ikkala jangchining uslubini hisobga olsak, ehtimol ustunlik Maxachev tomonida. Menimcha, Islam Maxachevda bu jangni yutishning ko'proq yo'llari bor. SHuning uchun mantiqan qaraganda ustunlik Maxachev tomonida.
Biroq Ian Garrining ham g'alaba qozonish imkoniyati bor. U juda yaxshi zarbachi, bo'yi baland va yaxshi kurashchi ham. Ammo unga jangni tik turgan holatda olib borish va o'z uslubidan samarali foydalanish yo'lini topish kerak", — dedi Sen-Per.
Havola :
Manba : Essentially Sports
Fikrlar