22 avg 11:19
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/82275_220.jpg)
UFC afsonasi Xabib bilan jang bo'lmaganiga tashkilotni aybladi
UFCning sobiq chempioni Jorj Sen-Per Xabib Nurmagomedov bilan nima sababdan jang bo'lmaganini malum qildi.
“Agentim bir necha bor Xabib bilan jang qilish uchun UFCga murojaat qilgan, lekin har safar ular rad javobini berishdi. Xabibga qarshi jang o'tkazmaganimga tashkilot aybdor. Mening asosiy maqsadim uch vazn toifasida UFC chempioni bo'lish edi, lekin buni amalga oshira olmadim”,-dedi Jorj Sen-Per.
Eslatib o'tamiz, Jorj Sen-Per 2019 yilning fevralida faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. U MMAda jami 28 marta jang qilib, ularning 26 tasida raqiblarini mag'lub etgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar