10 iyu 10:33
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni keyingi raqibi kim bo'lishi mumkinligini aytdi
Yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Aleks Volkanovski rossiyalik Zabit Magomedsharipovga qarshi jangga tayyorligini malum qildi.
“Anchadan beri Zabitni kuzataman. U haqida shov-shuv ko'tarilishidan oldin ham u yaxshi va har tomonlama rivojlangan jangchi edi. Menga u bilan jang qilish qiziq. Umid qilamanki, Magomedsharipov g'alaba qozonadi va mening keyingi raqibimga aylanadi. Lekin qaytaraman, Zabit - mohir jangchi. Agar u asosiy davogarga aylansa, tez orada ko'rishamiz”,- dedi Aleks.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar