23 mar 13:04
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni: Masvidalning men bilan jang qilishiga hali ancha bor
Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usman shu vaznda norasmiy BMF chempioni Xorxe Masvidal haqida fikr bildirdi.
Usmanning aytishicha, Xorxe hali chempionlik jangida oktagonga chiqish uchun munosib emas.
"O'ylashimcha, Xorxe Masvidal men bilan chempionlik jangida ishtirok etishi uchun hali ancha ter to'kishi kerak. U o'zini hozir osmonda yurgandek his qilyapti. Superyulduzdek o'zini tutayotgan Masvidal hatto Konor Makgregordan ham mashhurrroq ekanini aytibdi. Xorxe ikki yil avval hech kim bo'lmaganini esidan chiqarmasin", - dedi Kamaru Usman.
Eslatib o'tamiz, Usman so'nggi jangini o'tgan yilning dekabr oyida o'tkazgan va o'shanda Kolbi Kovingtonni nokautga uchratgan edi. Masvidal esa so'nggi bor noyabr oyida oktagonda ko'rinish bergandi. U UFC 244 turnirida Neyt Diasdan ustun kelgandi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar