02 avg 12:07
Yangiliklar

UFC chempioni Valentina SHevchenkoning raqibasi malum
Bugun Las-Vegasda o'tkazilgan UFC Fight Night 173 turnirida yorqin g'alabaga erishgan Jennifer Mayya katta ehtimol bilan qirg'izistonlik chempionga qarshi oktagonga ko'tariladi. Bu SHevchenkoning o'zi ham tasdiqladi.
"Tez orada ko'rishamiz, Jennifer Mayya", — deya Tvitter sahifasida xabar qoldirgan SHevchenko.
Bugungi turnirdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida shaxsan UFC prezidenti Dena Uayt ham ushbu jangni imkon qadar tezroq tashkil qilish haqida gapirgan. Bugun Jennifer Maya birinchi raund yakunlanishiga yarim daqiqa qolgan bir paytda Joann Kaldervudni mag'lubiyatga uchratgandi. Reytingning 3-pog'onasidan joy olgan raqibasini taslim etgan Mayya 50 ming dollar bonusga ham ega bo'ldi.
Fikrlar