19 iyu 07:42
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Island 2: Markaziy chempionlik jangi muddatidan oldin yakunlandi
Bugun Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da navbatdagi UFC turniri tashkil etildi.
Kechaning markaziy jangida Deyvison Figeredo eng engil vazn toifasi chempionligi uchun Jozef Benavidesga qarshi jang qildi. Bahs birinchi raunddayoq yakunlandi. Figeredo jang davomida raqibini uch marta nokdaun holatiga tushirishga erishdi. Yakunda amerikalik sportchi o'zini yo'qotib qo'ydi va jang to'xtatildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar