20 iyu 19:19
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Island 2. Yangi chempion qancha gonorar ishlab oldi, "eng yaxshi jang" ishtirokchilari-chi?
Xabaringiz bor, kecha tongda Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da navbatdagi UFC oqshomi bo'lib o'tgan edi.
UFC Fight Island 2 turniridagi eng katta gonorarga kutilganidek, markaziy jang ishtirokchisi ega chiqdi. Yangi UFC chempioni, braziliyalik Deyvison Figeredo o'z ishtirokidan 230 000 dollar ishlab oldi. Umumiy summadan 100 ming dollari ishtirok, 50 mingi bonus, yana shunchasi g'alaba va 30 ming dollari mediahaftalikda qatnashgani uchun berildi.
Oqshomning eng yaxshi jangi deya etirof etilgan qirg'izistonlik Rafael Fiziev hamda britaniyalik Mark Diakezi o'rtasidagi bahs ishtirokchilari ham nisbatan yaxshi gonorarga ega bo'lishdi. Fiziev 77,5, Diakezi esa 83 ming dollar ishlab oldi.
Havola :
Fikrlar