26 iyu 08:35
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/127315_220.jpg)
UFC Fight Island 3. Markaziy jang g'olibi hakamlar qaroriga ko'ra aniqlandi
Hozirgina Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da UFC Fight Island 3 turniri o'z yakuniga etdi.
Oqshomning markaziy jangi avstraliyalik Robert Uittaker hamda angliyalik Darren Till o'rtasida bo'lib o'tdi. Jang to'liq besh raund davom etdi va g'olib nomi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi.
Besh raundning uchtasini o'z tomoniga og'dirib olgan reyting peshqadami Uittaker 48:47, 48:47, 48:47 hisobida g'alaba qozondi. Bu g'alabadan so'ng avstraliyalik jangchi chempionlik uchun bosh davogar ekanini yana bir bor isbotladi. Robert avvalgi janglarining birida vazn chempioni Israel Adesanyaga imkoniyatni boy bergan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar