26 iyu 07:54
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Island 3 turnirining anderkard jangi yakunlandi
Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da UFC Fight Island 3 turniri davom etmoqda.
Hozirgina oqshomning anderkard jangi yakunlandi. Unda 38 yoshli Maurisio Rua (26-11-1) 44 yoshli raqibi Antonio Rojeriu Nogeyra (23-9) bilan to'qnash keldi. Bu ikki sportchining o'zaro uchinchi jangi edi. Bundan avvalgi ikkita jangda Maurisio g'alaba qozongandi.
Trilogiya to'liq davom etdi va unda Rua o'zidan olti yosh katta raqibini ochkolar hisobi (29-28, 28-29, 29-28 )ga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Hakamlardan ikki nafari Ruaning, uchinchisi Nogeyraning g'alabasini taminladi. Birozdan so'ng markaziy jangda avstraliyalik Robert Uittaker angliyalik Darren Tillga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar