14 mar 12:03
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 170. Markaziy jang ishtirokchisi kerakli vaznga ega bo'lmadi
Ertaga Braziliyada navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tadi.
UFC Fight Night 170 turnirining markaziy jangida Kevin Li CHarliz Oliveraga qarshi oktagonga ko'tariladi. Bugun kecha ishtirokchilari o'rtasida ananaviy tarzda tashkil qilinadigan vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tdi.
Vazn o'lchash marosimida Li kerakli vazndan bir kilogramm og'irroq chiqdi va qo'shimcha berilgan vaqtda ham ortiqcha bir kilogrammdan qutilmadi. SHu tariqa, endi Li bo'lajak jangdan oladigan gonorarining 20 foizini Oliveraga berishga to'g'ri keladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar