15 mar 14:44
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 170 oqshomining barcha natijalari
Bugun Braziliyada aralash qoidalar bo'yicha UFC Fight Night 170 turniri o'tkazilgandi.
Xabar berganimizdek, kechaning markaziy jangida engil vazn toifasi vakili Kevin Li reytingda o'zidan besh pog'ona pastda borayotgan braziliyalik raqibi CHarlz Oliveyraga uchinchi raundda imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Turnirning qolgan natijalariga to'xtaladigan bo'lsak, Gilbert Berns (18-3) birinchi raundda Demian Mayya (28-10) ustidan texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi. Renato Moykano (14-3-1) birinchi raundda bo'g'ish usuli bilan Damir Xajovich (13-6)ni engdi. Rossiyalik Nikita Krilov (26-7) hakamlar qaroriga ko'ra Jonni Uoker (17-5)dan ustun keldi. Fransisko Trinaldo (25-7) va Jon Makdessi (17-7) jangida hakamlar bir ovozdan Fransiskoning g'alabasini taminlashdi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar