15 mar 08:33
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 170. Tomoshabinlarsiz o'tgan oqshomning markaziy jangi yakunlandi
Hozirgina okean orti Braziliyada aralash qoidalar bo'yicha UFC oqshomi yakunlandi.
Tomoshabinlarsiz o'tgan kechaning markaziy jangi engil vazn toifasida o'tkazilib, unda braziliyalik CHarlz Oliveyra amerikalik Kevin Liga qarshi oktagonga ko'tarildi. UFC Fight Night 170 oqshomining koronavirus sabab tomoshabinlarsiz o'tgan markaziy jangi muddatidan avval yakunlandi.
Uchinchi raund boshida CHarlz nomdor raqibini bo'g'ish usuli bilan taslim etdi. Bu Oliveyraning ketma-ket qozongan ettinchi g'alabasi edi. Bugungi jangga qadar CHarlz Oliveyra UFC reytingida 13, Kevin Li esa 8-o'rinni egallab turgandi.
Havola :
Fikrlar