23 iyu 07:48
Yangiliklar

UFC Fight Night 173 turnirining markaziy jangi bekor qilindi. Nega?
Bunga sportchida aniqlangan koronavirus sabab bo'ldi. Oqshomning markaziy jangida sobiq UFC chempioni Xolli Xolm meksikalik Iren Aldanaga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi. Jangga bir hafta qolgan bir paytda olingan tahlil Irenda koronavirus borligini tasdiqlagan. Bu malumotni shaxsan UFC prezidenti Dena Uayt ham tasdiqladi.
Aldananing o'zi ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali koronavirusga chalingani haqidagi xabarni bergan. Iren hozir o'zini yaxshi xis etayotgani, hamon Xolm bilan jang qilish istagi borligi va bu reja oktyabr oyida amalga oshishini qo'shimcha qilgan.
Endi 1 avgust kuni o'tkaziladigan UFC Fight Night 173 turnirining markaziy jangi Derek Branson va Edmen SHaxbazyan o'rtasida bo'lib o'tadi. Branson va SHaxbazyan UFC o'rta vazn toifasi reytingining TOP-10 jangchilari qatoridan joy olgan.
Fikrlar