20 sen 08:13
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Fight Night 178. Markaziy jang muddatidan oldin yakunlandi
Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 178 turniri nihoyasiga etdi.
Kechaning markaziy jangida Kolbi Kovington va Tayron Vudli o'zaro oktagonga chiqdi.
5 raundga mo'ljallangan jang 5-raundning 1:19 daqiqasida nihoyasiga etdi.
Beshinchi raund o'rtalarida Vudli raqibini bo'g'ib oldi va erga yotqizdi. Aynan ushbu vaziyatdan Kovington foydalanib ketdi va Vudli o'z xatosi qurboniga aylandi.
SHu tariqa, jangda Kovington texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar