10 okt 09:04
Yangiliklar
UFC Fight Night 290 tarozi natijalari: uch jangchi vazn qila olmadi, ulardan biri ortiqcha 3,4 kg tosh bosdi
UFC Fight Night 290 oqshomi ishtirokchilari rasmiy tarozidan o'tish hamda so'nggi face to face marosimlarida hozir bo'lishdi va etiborlisi, uch nafar jangchi belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. Endi ular o'z gonorarlarining katta qismini raqiblariga taqdim etishadi.
Turnirning asosiy jangi o'rta vazn toifasida o'tkaziladi va unda amerikalik Brendan Allen britaniyalik Kristian Leroy Dankanga qarshi oktagonga ko'tariladi. Tarozida Allen raqibidan biroz og'irroq tosh bosdi. Ikkala jangchi ham belgilangan vazn meyorini bajardi.
Ketlin Souza 0.45 kg, Ismael Bonfim 3.4 kg, Brendson Ribeyro 1.13 kg ortiqcha vazn ko'rsatdi.
UFC Fight Night 290 tarozi natijalari:
Asosiy kard janglari
Brendan Allen (84.37 kg) – Kristian Leroy Dankan (83.91 kg)
Mateus Kamilo (70.76 kg) – Jey Gerbert (70.31 kg)
Lupita Godinez (52.39 kg) – Ketlin Souza (53.07 kg)*
Andre Fili (66 kg) – Kay Kamaka uchinchi (66.22 kg)
Malkolm Vellmeyker (61.69 kg) – Otari Tanzilovi (61.69 kg)
Prelim kard janglari
Jerald Myorshart (93.21 kg) – Julius Uoker (93.21 kg)
Fransisko Prado (70.31 kg) – Ismael Bonfim (74.16 kg)**
Niko Prays (77.34 kg) – Leon SHaxbazyan (77.56 kg)
Felipe Franko (92.99 kg) – Brendson Ribeyro (94.57 kg)***
Allen Fray (111.58 kg) – Richard Xarris (118.39 kg)
Alis Pereyra (61.69 kg) – Darya Jeleznyakova (61.69 kg)
Ernesta Karikayte (57.15 kg) – Melissa Gatto (57.15 kg)
* Ketlin Souza birinchi o'ta engil vazn toifasi limitidan 1 funt (0.45 kg) ortiqcha tosh bosdi va endi 20 foiz gonorarini jarima sifatida raqibiga beradi.
** Ismael Bonfim engil vazn limitidan oz emas, ko'p emas 7.5 funt (3.4 kg) ortiqcha tosh bosdi va 25 foiz gonorarini jarima sifatida raqibiga beradi.
*** Brendson Ribeyro yarimog'ir vazn toifasi limitidan 2.5 funt (1.13 kg) ko'p tosh bosdi va 20 foiz gonorarini raqibiga beradi.

Fikrlar