23 may 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC jangchisi: "Konor men bilan jang qilsin yoki reytingdan olib tashlansin"
UFC jangchisi Jastin Getji Konor Makgregor bilan jang qilmoqchi.
"Hozirgi vaqtga kelib, men faoliyatim cho'qqisidaman. Reytingda mendan avval to'rtta jangchi va chempion bor. Men ulardan biri bilan jang qilishni istayman. Men bunga haqliman. O'zimdan pastda turgan sportchilar bilan jang qilmayman. Men o'zimdan yuqoridagi jangchilar bilan to'qnash kelmoqchiman. Konor hozirda uchinchi o'rinda, qolganlar esa band. Men Konor bilan jang qilmoqchiman. Agar u jang qilishni xohlamasa, uni reytingdan chiqarib yuborish kerak. Konor chempionlik jangida ishtirok etishi uchun aynan men bilan uchrashishi kerak. U nega men bilan jang qilmayapti? Balki qo'rqayotgandir», - deb fikr bildirgan Jastin Getji.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar