07 iyu 10:04
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC jangchisi Xabibni Porening ustun jihati haqida ogohlantirdi
Amerikalik aralash qoidalar jangchisi Kevin Li engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore haqida fikr bildirdi.
Xabaringiz bor, Pore 7 sentyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida haqiqiy chempion Xabib Nurmagomedovga qarshi oktagonga chiqadi. Kevin Li Xabibni Porening ustun tomonlari haqida ogohlantirdi.
“Dastin Pore oyoqda juda engil harakat qiladi. Bu esa raqiblarini parterda mag'lub etishga o'rgangan Xabibning vazifasini qiyinlashtiradi. Nurmagomedov Dastinni parterga tushirishi oson kechmaydi. Pore tezligiga tayangan holda “setka”ga yaqinlashmaslikka harakat qiladi”, - dedi Li.
Havola :
Fikrlar