07 noy 17:49
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Mahmud Muradovning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum
O'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Muradov UFCdagi navbatdagi jangini qachon va kimga qarshi o'tkazishi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, hamyurtimiz 8 dekabr kuni Vashingtonda tashkil etiladigan UFC turnirida oktagonga ko'tariladi. O'sha kungi jangda MMAchimizga amerikalik Trevor Smit raqiblik qiladi.
Taqqoslash uchun, Mahmud shu kungacha MMAda 29 ta jang o'tkazib, ularning 23 tasida g'alaba qozongan. 6 ta jangda imkoniyatni boy bergan. Smit esa 24 marotaba oktagonga chiqib, ularning 15 tasida g'olib bo'lgan. 9 ta jangda yutqazgan.
Eslatib o'tamiz, Mahmud Muradov shu yilning 28 sentyabrida Kopengagenda UFCdagi debyut jangini o'tkazgan va unda italiyalik Alessio di CHirikoni ochkolar evaziga mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar