22 dek 18:10
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/25278_220.jpg)
UFC Meyvezer bilan muzokara olib bormoqda
UFC prezidenti Dana Uayt boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan tashkilotda MMA qoidalari bo'yicha janglar o'tkazish uchun muzokaralar ketayotganini tasdiqladi.
"Biz Floyd bilan muzokara olib bormoqdamiz. Haqiqatdan ham shunday. U Konor MakGregorga qarshi boks jangi haqida gapirgandi. Bu amalga oshdimi? Siz Floydning amalga oshmaydigan ishlar haqida gapirganini eshitganmisiz? Odatda, u OAV orqali barchasini boshlaydi. Keyin esa bu narsa haqiqatdan ham amalga oshadi.
Biz Floyd bilan ishlashga qiziqyapmiz. Meyvezer va MakGregor jangi bo'lib o'tdi. Demak, barcha narsaning iloji bor", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : Mmafighting
Fikrlar