25 mar 17:31
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Meyvezer - MakGregor jangidan so'ng Konorning 50 foiz gonorarni olib qoladimi?
Taniqli boks promouteri Bob Arum aralash qoidalar sportchisi Konor MakGregor hamda Floyd Meyvezer o'rtasidagi bo'lib o'tishi kutilayotgan jang haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ushbu jang amalga oshishiga halal beradigan narsa bu UFC bo'lishi mumkin. Ular boks promouterlari kabi sportchilarga munosabatda bo'lmaydilar. Aniqroq aytadigan bo'lsak, UFC sportchilarga bokschilarga nisbatan kam pul to'laydi. Ular Konorning ushbu jangdan oladigan daromadini 50 foizini olmoqchilar.
Ushbu jang tarixiy bo'ladi deb o'ylamayman. CHunki, Konor Meyvezer bilan boks qoidalari asosida jang qiladi. MakGregor - MMAda ajoyib jangchi. Lekin, u boksda xech nima ko'rsatmagan. Meyvezer esa buyuk bokschilardan biri. Agar jang amalga oshmaydigan bo'lsa, bu faqat UFCning aybi bilan bo'lishi mumkin", - deydi Arum.
Havola :
Manba : Bloodyelbow
Fikrlar