21 avg 09:43
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC Noche turnirining asosiy jangida o'zgarish bo'ldi
Amerikalik aralash yakkakurash (MMA) ustasi Xose Delgado 12 sentyabr kuni Arizona shtatidagi Glendeyl shahrida bo'lib o'tadigan Noche UFC turnirining asosiy jangida meksikalik Yair Rodriges o'rniga braziliyalik Jan Silvaga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Delgado (12-2) uchun bu faoliyatidagi ilk asosiy jang bo'ladi.
Amerikalik jangchi o'z vatani — Arizonada oktagonga ko'tariladi. U UFC’dagi so'nggi beshta jangida to'rt marta g'alaba qozongan va faqatgina 2025 yilda Nataniel Vudga mag'lub bo'lgan.
Silva (17-3) esa UFC 324 turnirida Arnold Allen ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng oktagonga qaytadi. Bunga qadar u Diego Lopesga mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar