23 may 19:03
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Pore Xabibga qarshi bo'lajak jang haqida gapirdi
Engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore Xabib Nurmagomedov bilan bo'lajak jangi haqida fikr bildirdi.
«Hozircha shartnomaga imzo qo'ymadim, lekin katta ehtimol bilan 7 sentyabrda Abu-Dabida Xabibga qarshi jang qilaman. Xabibdek kuchli sportchi bilan hali jang qilmaganman, albatta bu to'qnashuv faoliyatimdagi eng katta jang. Xabibni mag'lub etish juda qiyin vazifa, ammo men o'zimga ishonaman.
«Xabibni mag'lub etganimdan so'ng kim bilan jang qilishimni hali o'ylab ko'rmadim. Maks Xollouey bilan revansh bo'lsa ham ajablanmayman», - deb fikr bildirgan Dastin.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar