26 mar 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti barcha janglar bo'lmasligidan xavotirda. O'sha kuni o'zbek sportchisi ham jang qilishi lozim
UFC prezidenti Dana Uayt UFC 249 kechasida rejalashtirilgan barcha janglar bo'lmasligi haqida fikr bildirdi.
“Ko'pchilik uchun Xabib va Toni jangi qiziq, lekin bu kecha yana bir nechta qiziqarli janglar bo'lishi aniq. Bizda kechani tashkil qilish uchun joy bor. Lekin meni bitta narsa xavotirga solmoqda. Oqshomga kechaning barcha ishtirokchilari kela olmasligi mumkin”,-dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, o'sha jang oqshomida o'zbekistonlik MMAchi Mahmud Muradov ham oktagonga chiqishi lozim.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar