29 mar 15:07
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti: Boshlashim bilan rejalarim barbod bo'lmoqda
UFC prezidenti Dana Uayt UFC 249 kechasi haqida fikr bildirdi.
“Bu kechani tashkil qilmoqchiman. Ammo, har kuni qandaydir ko'ngilsiz holat bilan ro'baro' kelyapman. Har safar boshlashim bilan rejalarim barbod bo'lmoqda. Turnirni o'tkazish uchun to'rt-beshta joy bor. Yaqin orada buni hal qilaman. Keyin o'sha kuni kimlar jang qilishi haqida malumot beraman. Sababi hamma jangchilar ham jang qilishni istamayapti”, - dedi Dana.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar