16 noy 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Fyuri uchun jang tashkil qilib bermoqchimi?
UFC Dana Uayt boks bo'yicha superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri uchun jang tashkil qilib bermoqchi.
“Agar Tayson MMAda jang qilishni istasa, menda unga qarshi jang qilish istagini bildirgan tonnalab jangchilar bor. U ajoyib bokschi, lekin nega MMAda jang qilish istagi borligini tushunmayapman”,-dedi Uayt.
Avvalroq, Fyuri Uaytdan jang tashkil qilib berishini so'ragandi.
Havola :
Manba : sportarena.com
Fikrlar