27 apr 12:50
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti inkor etdi
UFC prezidenti Dana Uayt koronavirusga jiddiy etibor bermayapti degan gap-so'zlarni inkor qildi.
“Koronavirusdan so'ng dunyo avvalgidek bo'lmaydi. Men kelajakni o'yladim. Menimcha, hali beri muxlislar ishtirokidagi turnirlarni kuzatmaymiz. Odamlar meni koronavirusga jiddiy etibor bermaganlikda aybladi, lekin unday emas. Bu kasallikka jiddiy qarayman, ammo bu menga o'z ishimni qilishga xalaqit bermaydi”, - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, UFC uch oylik tanaffusdan so'ng ilk bor 9 may kuni navbatdagi kechasini o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar