17 mar 11:11
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti: Jang bo'ladi, faqat...
UFC prezidenti Dana Uayt Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o'rtasidagi jang bo'lishini malum qildi.
Lekin bahs katta ehtimol bilan AQSHda bo'lib o'tmaydi.
“Virus sababli uchta turnirni ortga surishga majbur bo'ldik. Lekin Xabib va Toni jangi hali ham rejalarimizdan chiqarilmagan, Biz voqealar rivojini yaxshilab kuzatmoqdamiz. Aprelga qadar barchasi joyiga tushib ketadi degan umiddaman. Muxlislarsiz bo'lsa ham jangini 18 aprel kuni o'tkazamiz, lekin bu bahs katta ehtimol bilan jang AQSHdan tashqarida bo'lib o'tadi”,-dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, hozirga kelib (COVID 19) virusi sababli ko'plab musobaqalar bekor qilindi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar