03 avg 09:15
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Makgregor - Pakyao ehtimolliy jangiga munosabatini bildirdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor filippinlik boks afsonasi Menni Pakyaoga qarshi jang o'tkazish istagidan voz kechmaganligini aytgandi.
UFC prezidenti Dena Uayt irlandiyalik jangchining bu fikriga o'z munosabatini bildirdi. Menni Pakyao ayni paytda WBC chempionlik kamari sohibi bo'lib turibdi.
"Makgregor va Pakyao jangi? Ochig'i, menga farqi yo'q", — deya qisqa javob berdi Uayt UFC Fight Night 173 turniridan keyingi matbuot anjumanida.
Eslatib ztamiz, Konor Makgregor 2018 yil boshqa bir boks afsonasi Floyd Meyvezerga qarshi kechgan boks qoidalari asosidagi jangda texnik nokautga uchragan edi.
Havola :
Fikrlar