11 apr 12:47
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Prezidenti: "Men anchadan beri Meyvezer bilan muzokara o'tkazmoqdaman"
UFC Prezidenti Deyn Uayt MakGregor hamda Meyvezer o'rtasidagi jang yuzasidan bokschining jamoasi bilan muzokaralar o'tkazayotganini aytib o'tdi.
"Meyvezerning jamoasi SHOWTIME bilan ham kelishishi lozim. Ular bilan anchadan beri muzokaralar bo'lib o'tmoqda. Konor yaqinda farzandli bo'lishi lozim. Uning bolasi tug'ilishi bilan biz Nyu-Yorkda uchrashamiz. Fikrimcha, ushbu jang bo'lib o'tadi. Buni Konor ham, Floyd ham istamoqda. Men MakGregorni ushbu jangda qatnashish huquqidan mahrum qila olmayman. U UFC uchun ko'p narsa qildi", - deydi u.
Havola :
Manba : Bloodyelbow
Fikrlar