16 mar 13:54
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Meyvezer - MakGregor jangi bo'lib o'tadi deya xisoblamoqda
UFC prezidenti Deyn Uaytning fikricha, Konor MakGregor hamda Floyd Meyvezer o'rtasida jang bo'lib o'tishi kerak deb hisoblamoqda.
"Fikrimcha, ushbu jang bo'lib o'tadi. Ushbu jangni tashkil qilish qiyin bo'ladi. Ammo, unga qiziqish juda yuqori. Bunday holatlarda kelishuvga erishish qiyin bo'ladi. Boshqa tarafdan bu erda katta pul aylanadi. Men jangni o'tkazmaslik uchun sabab ko'rmayapman.
Konor juda katta. Ayni paytda 27 yoshda va faoliyatining eng cho'qqisiga chiqqan. Floyd esa 40 yoshda. Unda chapaqaylarga qarshi jangda doimo muammolar bo'lgan. Konor esa chapaqay va juda kuchli zarbaga ega. Floyd uni nokaut qila olmasa kerak. Ushbu jang qiziq bo'lishi aniq", - deydi u.
Havola :
Manba : Mmafighting
Fikrlar