19 mar 11:54
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Nurmagomedov - Fergyuson jangining yangi manzilini aytdi + FOTO
Hozirda ko'pchilikni Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o'rtasida o'tkazilishi kerak bo'lgan jang qiziqtirmoqda.
Koronavirus xavfi tufayli 18 aprel kuniga belgilangan jangning boshqa mamlakatga ko'chirilishi haqida malumotlar berilyapti va bu haqiqatga ancha yaqin xabar. UFC prezidenti Dana Uayt Instagram sahifasisha hazilomuz tarzda jangning yangi manzilini joyladi.
Uayt ushbu surat orqali Nurmagomedov - Fergyuson jangini oyda o'tkazish taklifini ilgari surgan va bu manzilga nisbatan eng xavfsiz joy deya tarif bergan. Bir muddat avval ushbu jangning Dubayda o'tkazilish ehtimoli yuqori ekanligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar