21 iyu 07:07
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti reja tuzishni boshladi
UFC prezidenti Dana Uayt butun dunyoda pandemiya xavfi yana o'sayotgani sababli yangi rejalar tuzishni boshlab yuborgan.
"To'rt oy avval yaqin oradagi rejalarim haqida barchasini bemalol aytib bera olar edim. Hozir esa bunday qila olmayman. Bu yilgi rejalarimning barchasi o'zgarib ketdi, men hozirgi sharoitga moslashdim. Men doim eng yomon holatni hisobga olib ish qilaman. Butun dunyoda yana virus avj olmoqda.
SHu sababli ikkinchi marta bo'lishi kutilayotgan karantin holatiga yangi reja tuzishni boshladim. Meni maqsadim bitta: Jangchilarim o'tirib qolmasliklari va oilalarini boqishlari uchun pul ishlab topishlariga yordam berish",-dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, UFC pandemiyadan so'ng musobaqalarni boshlab yuborgan ilk yirik tashkilot hisoblanadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar