20 mar 17:35
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Xabib - Toni jangi yuzasidan ilk bor kutilmagan chiqish qildi
Koronavirus sabab deyarli barcha xalqaro masshtabdagi va ichki musobaqalar bekor qilinyapti.
Hozirda ko'pchilikni Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o'rtasidagi jang belgilangan muddatda o'tkaziladimi degan savol qiziqtirmoqda. UFC prezidenti Dana Uayt shu kungacha bu jangni o'tkazish uchun barcha chora-tadbirlarni qo'llayotganini aytib kelayotgandi.
Bugun esa u kutilmagan qaror bilan chiqish qildi. Yani, Nurmagomedov - Fergyuson jangi juda katta ehtimol bilan koronavirus pandemiyasi sababli 18 aprel kuni o'tkazilmaydi.
"Bilasizmi, 10 kun avval menda bu savolga aniq javob bor edi. Lekin hozir vaziyatga qarab ish ko'rishga to'g'ri kelmoqda. Juda qiyin masala. Bu savolga aniq javobim ham yo'q", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : championat.сom
Fikrlar