11 may 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC sobiq chempioni Fergyusonga qarshi jang qilmoqchi
Engil vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Entoni Pettis Toni Fergyusonga qarshi jang qilmoqchi.
“Oxirgi to'rtta jangimni yarim o'rta vazn toifasida o'tkazdim, bu toifa menga qulay. Lekin hali engil vazn toifasida qiladigan ishlarim bor. Men Fergyusonga qarshi jang qilishni istagan bo'lardim”,-dedi Pettis.
Eslatib o'tamiz, Pettis 9 may kuni bo'lib o'tgan oqshomda Serroneni mag'lub etishga erishdi. Fergyuson esa Jastin Getjiga mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar